Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ijarada yashovchi talaba-yoshlar hamda universitet rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida ijara xonadonlarida yashovchi talabalarning yashash sharoiti, mavjud muammolar va ijara to‘lovi bo‘yicha universitet tomonidan yaratilgan imtiyozlar, shuningdek, ichki-tartib qoidalarga qat’iy amal qilgan holda doimo ogohlikni unutmaslik zarurligi kabi turli masalalar yuzasidan so‘z bordi.
Yakunda esa talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llash bilan bir qatorda, asosli takliflarini ham bildirib o‘tishdi.