Bugun O‘zDJTSUda Toshkent viloyati IIB bilan hamkorlikda “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish dolzarb vazifa” nomli profilaktik tadbir tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati IIB bosh boshqarmasi tezkor vakili, podpolkovnik K.Atajanov, boshqarmaning huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik E.Tulepov, Chirchiq shahar IIB tergov bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik O.Begmatov, tergov bo‘linmasi boshlig‘i, podpolkovnik I.Shamshiyev, universitetning Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Babajanov, dekan o‘rinbosarlari, bo‘lim rahbarlari, kefedra mudirlari hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan keyingi vaqtlarda yoshlar, ayniqsa sportchi talabalar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni qabul qilish, ularning savdosi bilan shug‘ullanish, shuningdek jinoyatchilik hamda turli huquqbuzarlik holatlari ko‘p uchrayotgani, bu esa universitetning nufuziga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi alohida ta’kidlandi. Undan tashqari yo‘l qo‘yilgan har bir nojo‘ya hatti-harakalatlar oqibati nima bilan yakunlanishi yuzasidan ham qimmatli ma’lumotlar berildi.
Yakunda esa talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, ularga atroflicha javob olishdi.