Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Talaba-yoshlar klubining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda Rektorning talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga maʼsul bo‘lgan maslahatchisi U.To‘raqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.Risboyev, bo‘lim bosh mutaxassisi E.Salmatov, universitet Yoshlar ittifoqi raisi X.Tursunov, profilaktika inspektori N.Agabekov va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha talaba-yoshlar klubi aʼzolari qatnashdi.
Yig‘ilishda ochiq ovoz berish yo‘li bilan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Talaba-yoshlar klubi sektor rahbarligiga Tibbiyot fakultetining talabasi Yuzikayeva Sabina Ilxomovna 21 ta ovoz bilan saylandi hamda qolgan yetakchilar ham aniqlab olindi.
Yakunda esa 2023-yil uchun klub ish rejasi va amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olinib, klub nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha ham takliflar eshitildi.