Diqqat e’lon!
Hurmatli universitetimizning olima ustoz-murabbiylari va har sohada yetakchi talaba-qizlar!
Joriy yilning 7-fevral kuni soat 11:00 da universitet madaniyat saroyida 11-fevral “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Olima ayollar – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.
Tadbirda sizlarni taniqli olima, falsafa fanlari doktori, xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuhammedova va bir qator olima pedagoglarning ishtiroki, shu bilan birga iste’dodli talaba-yoshlar ijrosidagi kuy-qo‘shiq hamda o‘ziga xos adabiy kecha kutmoqda!
Barchangizni mazkur tadbirda faol ishtirok etib, o‘zingizga olam-olam ma’naviy ozuqa oling deb qolamiz!