Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Kasaba uyushmasi Kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisining maslahatchisi Sh.Axunjanova, universitet Kasaba uyushmasi raisi M.Olimov, Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri M.Mirjamalov, professor-o‘qituvchilar hamda Paralimpiya fakulteti talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar uchun kasaba uyushamalari tomonidan yaratib berilayotgan imtiyoz va qulayliklar haqida bir qancha muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, mana shunday imtiyozlardan biriga sazovor bo‘lgan oliygohning Paralimpiya fakulteti talabasi Toshgul Muhammadaliyevaga kasaba uyushmalari stipendiyasi sertifikati topshirildi.