Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Talaba-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, reproduktiv salomatlik va erta nikohning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M.G‘aniyeva, Tibbiy sanitariya bo‘limi shifokorlari va Tibbiyot fakultetining professor-o‘qituvchilari hamda talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida talaba-qizlarga sog‘lom turmush tarzi qoidalari, reproduktiv salomatlik asoslari va erta turmush qurishning ko‘plab salbiy oqibatlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.