Xabaringiz bor, joriy yilning 7-14 dekabr kunlari Boks bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Kuni kecha mazkur musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Quvonarli tomoni shundaki, ushbu taqdirlash marosimida musobaqaga tashrif buyurgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor M.Boltabayev oliygohning Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan murabbiy, Boks bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichovga professor ilmiy unvonini tantanali ravishda topshirdi.
Shuningdek, маросимда Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Boks federatsiyasi xodimlari hamda o‘zbek boks yulduzlari musobaqaning g‘olib va sovrindorlariga diplom, medal va pul mukofotlarini topshirishdi.