Diqqat e’lon!
Hurmatli sport ixlosmandlari va qadrli talaba-yoshlar!
Barchangizni joriy yil 17-dekabr kuni Sportchilar oilasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan “MAS-WRESTLING sport turi bo‘yicha OTM talaba-yoshlar o‘rtasida Universitet chempionati” musoboqasiga taklif etib qolamiz!
Ushbu musobaqa O‘zbekiston bodiybulding, fitnes va mas-restling federatsiyasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
G‘olib va sovrindorlarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda!
Mazkur sport turi bo‘yicha o‘z iqtidorini namoyish etish istagida bo‘lgan sportchi talabalarni batafsil ma’lumot olishlari uchun Og‘ir atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Matnazarov Anvar O‘ktamovichga murojat qilishlarini so‘rab qolamiz!
Musobaqa o‘tkaziladigan joy: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sport majmuasi (manej).
Murojat uchun: @Anvar_Matnazarov