Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sportni boshqarish va turizm fakultetining Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti bilan hamkorlikda “Ommaviy sportni rivojlantirish va targ‘ib qilishda talaba-yoshlarning o‘rni” mavzusida onlayn seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Unda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev, Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri N.Xudayberdiyeva, kafedra o‘qituvchilari, magistrantlar hamda onlayn tarzda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika insitutining ham ushbu sohadagi professor-o‘qituvchilari qatnashdi.
Seminar-treining davomida ishtirokchilar tomonidan yurtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan islohotlar, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar orasida ommaviy sportni rivojlantirish hamda mutaxassislarga qo‘yiladigan talabalar, shuningdek, jismoniy-intellektual resusrlarni samarali boshqarishning tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish kabi muhim mavzularda taqdimotlar qilindi va ular bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.