Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” nomli ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Sportni rivojlantirish vazirining maslahatchisi A.Karimov, universitet rektori M.Boltabayev, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi 98157 harbiy qism komandirining o‘rinbosari, podpolkovnik F.Djaydakbayev, harbiy qism askarlari, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, talabalar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.
Dastlab, tadbir oliygoh rektori, professor M.Boltabayevning kirish so‘zi bilan boshlandi. Shundan so‘ng, bir qator professor-o‘qituvchilar va tadbir ishtirokchilari ham bayroq haqida o‘zlarining samimiy fikrlarni bildirib o‘tishdi. Ayniqsa, bayram tadbiridan o‘rin olgan diltortar qo‘shiqlar hamda jozibali raqs namoyishlaridan iborat badiiy chiqishlar barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi.