Hurmatli, universitetimizning tinib-tinchimas talaba-yoshlari, garchi ta’til vaqti bo‘lsada, Siz uchun, “Giyohvandlikka qarshi kurash oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazishga qaratilgan “Yoshlar giyohvandlikka yo‘q deydi” mavzusida onlayn rasmlar tanlovini e’lon qilamiz.
Mazkur onlayn tanlovda universitetning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin.
Tanlov 5-iyuldan 25-iyulga qadar davom etadi.
Onlayn tanlov uchun chizilgan surat, albatta, talaba qo‘li bilan chizilishi, ko‘chirma materiallardan holi bo‘lishi zarur.
Ijodiy ishlarni baholashda esa uning badiiyligi, kreativligi hamda hozirgi zamonga mosligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Tanlov g‘oliblari universitet rektorining maxsus sertifikat va diplomlari bilan taqdiralanadi.
Eslatib o‘tamiz, tayyor materiallarni (90 312-87-17) raqamiga Telegram orqali joriy yilning 25-iyul kuniga qadar topshirishingizni so‘raymiz.
O‘ylaymizki, bu orqali o‘zingizdagi yana bir ochilmagan qirrani kashf etasiz!