2026-yil 4–5-mart kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan FIJITAL sportning “JUST DANCE” turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi.
🌷 Musobaqa universitetimizda faoliyat olib borayotgan ayol professor-o‘qituvchilar, ishchi xodimlar hamda talaba qizlar uchun bahorning eng go‘zal ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayramona kayfiyat ulashish va ularning jismoniy faolligini oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Shuningdek:
✅ Talaba qizlar o‘rtasida “Just Dance” yo‘nalishini ommalashtirish
✅ Respublika musobaqalariga saralash bosqichini o‘tkazish
✅ Iqtidorli sportchi va jamoalarni aniqlash
✅ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
✅ Fijital “Just Dance” yo‘nalishini rivojlantirish
🏆 Musobaqa shartlari:
🔹 Bellashuvlar jamoaviy va yakka tartibda o‘tkaziladi.
🔹 Ishtirokchilar Ubisoft tomonidan ishlab chiqilgan Just Dance Now dasturi orqali bellashadilar.
🔹 Har bir ishtirokchi internetga ulangan, quvvati 100% to‘ldirilgan mobil telefon bilan kelishi va yetarli internet (MB)ga ega bo‘lishi shart.
🔹 Talaba qizlar — yakka tartibda ishtirok etadi.
🔹 Professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar — yakka va jamoaviy (18–25, 26–35, 36–45, 45+) yosh toifalarida qatnashadi.
🔹 Jamoaviy bahslarda har bir kafedra yoki bo‘limdan 2 nafardan ishtirokchi qatnashadi.
🔹 Musobaqa 3 ta tanlangan musiqa asosida o‘tkaziladi va natijalar dastur orqali avtomatik hisoblanadi.
🔹 Eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar ishtirokchi yoki 3 ta jamoa g‘olib deb topiladi.
📍 O‘tkazilish vaqti va joyi:
🗓 4–5-mart
🕒 Soat 15:00
🏛 Universitet Madaniyat saroyi
📞 Murojaat uchun:
+99890 986-45-71
+99899 492-16-73
Batafsil malumot: https://st.jtsu.uz//elfinder-files/Ta%27lim%20sifatini%20nazorat%20qilish%20bo%27limi/Nizom%20musobaqa2.pdf?_t=1771924882
Barcha talaba qizlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarni ushbu quvnoq va shiddatli musobaqada faol ishtirok etishga chorlaymiz! 💐✨