✅Joriy yilning 9-yanvar kuni soat 10:00 da Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi bilan hamkorlikda sportning “Voleybol” turi bo‘yicha 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitetning professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida universitet birinchiligi sport musobaqasi o‘tkaziladi.
➡️Mazkur musobaqada universitetning barcha ixtisoslik kafedralari o‘qituvchilari hamda bo‘lim xodimlari terma jamoa shaklida ishtirok etishlari mumkin. Musobaqa aralash (erkaklar va ayollar o‘rtasida) formatda tashkil etiladi.
➡️Musobaqa g‘oliblari universitet sport klubi tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
🟢Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar 2026-yil 8-yanvar kuni soat 15:00 ga qadar Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga (sport manej) kelib, belgilangan namunadagi talabnomani topshirishlari shart.
Musobaqa o‘tkazilish vaqti va joyi:
🗓 9-yanvar
📍 Universitet “Sport maydoni” (voleybol maydoni)
Mas’ullar:
💠Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
Murojaat uchun telefon:
📞 +998 90 528 05 08