Sizlarni 2025-yil 12-dekabr kuni soat 14:00 da O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kurash zalida bo'lib o'tadigan Sambo bo'yicha " Kafedra ochiq birinchiligi " musobaqasiga taklif etamiz.
✅Ushbu musobaqada barcha yo‘nalish talabalari ishtirok etishlari mumkin.
✍️Vazn o'lchash marosimi 11-dekabr kuni soat 15:00 dan 17:00 gacha bo'lib o'tadi.
🟢Bahslar quyidagi vazn toifalarida o‘tkaziladi:
58kg, 64kg, 71kg, 88kg, +98 kg.
📝Sport jamoalari esa o'z talabnomalarni 11-dekabr kuni 15:00 ga qadar topshirishlari lozim.
➡️Musobaqa tashkilotchisi: Dzyudo, sambo nazariyasi va uslubiyati kafedrasi.
📞Murojaat uchun telefon: +998-97-480-10-90.