#Dolzarb_90_kun
#Kibersport
#talaba_yutuqlari
🖥2025-yil 19-iyun kuni Toshkent viloyati Olmaliq shahrida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” Respublika chempionatining hududiy bosqichi o‘tkazildi.
✅Tanlovda Toshkent viloyatida joylashgan 7 ta oliy ta’lim muassasalaridan 60 nafarga yaqin talabalar kibersportning “Dota2”, “CS2”, “FC25” o‘yinlari hamda “Just Dance” fidjital raqs turlari bo‘yicha qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
⚡️E’tiborlisi, mazkur chempionat davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari murabbiyligi ostida ishtirok etgan talabalarimiz “FC25” bahslarida 🥇1-o‘rinni, “Just Dance” dasturida esa 🥉3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
📍Ma’lumot o‘rnida, har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan jamoalar 23-25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan yakuniy final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
👏💐Ustozlarimiz va talabalarimizni g‘alabalar bilan tabriklaymiz!