2025-yil 2-9 iyun kunlari Janubiy Koreyaning Jecheon shahrida yoshlar (o‘g‘il bolalar) o‘rtasida sport gimnastikasi bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
✔️E’tiborlisi, ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Muxammad Amin Suleymanov hakam sifatida ishtirok etdi.
⚡️Jumladan, universitet vakili chempionatning saralash bosqichida dastakli ot hamda qo'shpoya sport anjomlari bilan o‘tkazilgan bahslarini boshqargan bo‘lsa, finalda esa xalqalar va turnik bahslarini boshqarib bordi.
📜Musobaqa yakunida Muxammad Amin Suleymanov hakam sifatidagi munosib ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi.