#talaba_yutuqlari
Xabaringiz bor, joriy yilning 8-mayidan 1-iyuniga qadar oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar o‘rtasida ilk bor futzal sport turi bo‘yicha "Talaba qizlar ligasi – 2025" turniri bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, ushbu turnirda 32 ta jamoa ichida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining sportchi qizlaridan iborat "Lochin" jamoasi ham ishtirok etdi va sovrindor bo‘ldi.
Xususan, 2025-yil 5-iyun kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport majmuasida “Talaba qizlar ligasi – 2025” sport musobaqasining g‘olib va sovrindorini taqdirlash marosimi o‘tkazilib, unda faxrli ikkinchi o‘rinni egallagan universitetimizning “Lochin” jamoasi munosib taqdirlandi. Shuningdek, shiddatli o‘yinlar davomida o‘zining bor mahoratini namoyon etgan talabamiz Zarina Xayrullayeva esa “Eng yaxshi hujumchi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
🏆 Turnir yakuniga ko‘ra:
🥇-o‘rin – O'zbekiston milliy pedagogika universiteti jamoasiga;
🥈-o‘rin – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasiga;
🥉-o‘rin – Oriental universiteti jamoasiga nasib etdi.
Sportchi talaba-qizlarimizga ofarin!!!