#bizning_yutuqlari
2025-yil 18–22-may kunlari Tailandning Bangkok shahridagi Nimbitur milliy stadionida VII-Xalqaro “Tayland jang san’atlari o‘yinlari” va Usmanov Kombat Sistems” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyi vakillari ham munosib ishtirok etdi.
E’tiborlisi, mazkur musobaqani yuqori saviyada o‘tkazish hamda sportchilar ishtirokini baholab borishda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchisi, “Usmanov Kombat Sistems” federatsiyasi vitse-prezidenti, qo‘l jangi sport turi bosh murabbiyi, hakamlar hay’ati raisi Zamirbek Kasimbekov ham munosib ishtirok etdi.
Yakunda universitetimiz professor-o‘qituvchisi Z.Kasimbekovning bir qator shogirdlari g‘oliblar safidan joy oldi. Jumladan, Shaxriyor Jo‘rayev professional muaytay yo‘nalishida ilk bor jahon chempioni kamarini yutib oldi, shuningdek, Yoqubjon Maxkambayev “Usmanov Combat Systems” bo‘yicha oltin, muaytay bo‘yicha bronza medali sohibiga, Elmurod Ahmadaliyev ham “Usmanov Combat Systems”da oltin, muaytay bo‘yicha bronza medali sohibiga aylandilar.