
2022-yil 29-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Salamov Raxmatilla Salomovichni
80 yilligiga bagʻishlangan “Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari nazariyasi va uslubiyatining nazariy-amaliy muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkaziladi. Anjuman doirasida dunyoning jismoniy tarbiya va sport sohasi boʻyicha yetakchi olimlarning ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Anjumanning bosh maqsadi jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻzaro tajriba almashish, xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish, ilmiy va amaliy yutuqlar bilan oʻzaro oʻrtoqlashish hisoblandi.
Barcha professor-o‘qituvchilarni, ilmiy xodimlarni Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga taklif etamiz!