#sport_sinovlari
Diqqat E'lon!!
✅Xabaringiz bor, 2025-yil 8-may sanasida “Talabalar festivali” doirasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlariga ramziy start berilgan edi. “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu sport sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarining 18-29 yoshdagi talabalaridan qabul qilinmoqda.
🗓Shu munosabat bilan 2025-yil 24-may kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yengil atletika hamda Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedralari talabalaridan sport sinovlari qabul qilinishini ma'lum qilamiz.
✅Unga ko‘ra, gimnastika sport turlari bo‘yicha sinovlar oliygohning gimnastika zalida, yengil atletikadan esa futbol maydonida qabul qilinib, sinov jarayonlari 24-may kuni soat 8:00 da boshlanadi.
📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefonlar:
+99897 871-07-60
+99890 134-44-40
‼️Eslatib o‘tamiz, sport sinovlarini topshirish uchun talabalar my.sport.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. Ro'yxatdan o'tgandan so‘ngra oliy ta’lim muassasasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari topshirilib, talabalar o‘z natijalari va elektron sertifikatlarini my.sport.uz platformasidagi kabinetidan yuklab olishlari mumkin.
👍“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirishda barcha talabalarga kuch va g‘ayrat tilaymiz.