#xizmat_safari
✈️Joriy yilning 12-15 may kunlari universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Bahrom Musayev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilardan iborat oliygoh delegatsiyasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universitetida xizmat safarida bo‘ldi.
✍️O‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashishni maqsad qilingan ushbu xizmat safarida universitetimiz vakillari tomonidan mezbon oliygoh talabalari uchun tarix va gumanitar fanlar bo‘yicha seminarlar tashkil etildi.
💻💬Jumladan, Qozog'iston va O'zbekiston respublikalari o‘rtasida xalqaro munosabatlarning tarixiy jihatlari, MDH mamlakatlarining mustaqillik yillarida milliy madaniyatining tiklanishi va ularnining o'ziga xos xususiyatlari, ilmiy tadqiqotlar sohasida O‘zbekiston-Qozog‘iston hamkorligi hamda mazkur davlatlarning iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalari singari qiziqarli mavzularda qilingan ma’ruzalar seminar qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.