#davra_suhbati
2025-yil 24-aprel kuni universitetning Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda kafedra mudiri, professor D.Safarova, Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" kafedrasi mudiri A.Jumanov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.
Suhbat davomida talabalarga aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, turli ko‘rinishdagi yuqumli kasalliklarning oldini olish, inson organizmi immunitetini kuchaytirish yo‘llari hamda jismoniy harakatlarning salomatlikni mustahkamlashdagi ijobiy ta’siri haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.