#Hayʼat_yigʻilishi
#yashil_makon
Bugun, 15-mart kuni Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilinadi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti birinchi prorektori Sherzod Mirzanov hamda universitet Nukus filiali direktori Bayrambay Erimbetov ham ishtirok etdi.
Yig‘ilish yakunida Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoniga rasmiy start berildi va unda universitetimiz vakillari ham ezgu niyatlar bilan ko‘chat o‘tqazdilar.