#universitet_hayotidan
✅Shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh prorektorlar, bo‘lim rahbarlari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida kafedralar faoliyatini 2025-yilda rivojlantirishning MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR indikatorlarini belgilab olish maqsadida taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.
📆Xususan, 13-14 mart kunlari Boks, Jangovor yakkakurash sport turlari, Futbol hamda Gandbol, regbi chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedralari taqdimoti o‘tkazildi.
💻Kafedra mas’ullari o‘z taqdimotlarida ilmiy, xorijiy, o‘quv-uslubiy hamda talabalar bilan ishlash yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berish bilan birga, kafedraning 2025-yildagi ustuvor vazifalari va rejalari haqida ham ma’lumot berdilar. O‘z o‘rnida hisobotlardan kelib chiqib maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olindi.