✈️Bugun, 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi oliygoh delegatsiyasi dastlab Janubiy Koreya davlatidagi Kukkiwon Butunjahon taekvondo assotsatsiyasiga tashrif buyurdi.
✅ Tashrif davomida Kukkiwon rahbariyati va universitetimiz vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etilib, O‘zbekistonda taekvondoni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, talabalar va sportchilar almashinuvi dasturlarini tashkil etish hamda Kukkiwon akademiyasida o‘tkaziladigan trening va seminarlarda ishtirok etish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
⏩Delegatsiyamiz a’zolari kun davomida Koreya davlatidagi yana bir nufuzli oliygoh Dankuk universitetida bo‘lib, universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi va kelajakda ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalasini muhokama qildilar.
📠Ma’lumot o‘rnida, universitet vakillarining xizmat safariga oid jarayonlar Koreya matbuotida ham keng yoritib borilmoqda.