#Prezident_topshirigʻi_ijrosi
Kecha, 17-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov hamda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiev ishtirokida xorijiy investitsiya mablag‘larini jalb qilish va eksport ko‘rsatkichlarini oshirishdagi imkoniyatlar va mavjud muammolar yuzasidan oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi. Unda oliygohlar rahbarli, tegishli vazirlik va idoralar vakillari qatnashdi.
Jumladan, Toshkent viloyatidagi mavjud oliy ta’lim muassasalari rektorlari va tegishli idoralar mas’ullari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetitda tashkil etilgan studiyada ishtirok etishdi.
Muloqotda oliygohlar rahbarlarining investitsiya jalb qilish yuzasidan takliflari tinglanib, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikrlar almashildi.