#ochiq_dars
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Bo‘stonliq tumanidagi Ijtimoiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar uchun “Zahiriddin Muhammad Bobur – adolatli shox va buyuk shoir” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
📍Ochiq dars avvalida, o‘quvchilarning adabiyot va tarixga oid bilimlarini aniqlash maqsadida buyuk bobokalonimiz hayoti hamda ijodiga oid savollar berildi. Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchilari tomonida Zahiriddin Muhammad Boburning ilmiy-ijodiy merosi, uning sarkardalik va davlat boshqaruvidagi amalga oshirgan islohotlari, Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan Boburiylar sulolasiga asos solishi va “Boburnoma” asari haqida keng ma’lumotlar berildi.