#psixologik_trening
2025-yil 22-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida taniqli pedagog-psixolog Shahnoza Toshmatova ishtirokida “Yosh krizislar davri” mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov, kafedra mudirlari, bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda tyutorlar qatnashdi.
Trening davomida psixolog tomonidan tarbiya va ta’limning yosh xususiyatlari bilan bog‘liq jihatlari, jumladan, pedagoglarning turli yoshdagi talaba-yoshlar bilan muloqotga kirishishda yuzaga keluvchi turli salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari va oqibatlari, shuningdek muloqot davomida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan muhim jihatlar haqida qimmatli taqdimot qilindi.
Yakunda trening ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi va psixolog Sh.Toshmatovaga esdalik sovg‘alari topshirildi.