📣 Diqqat Kasting‼️
🧑🎓👨💼Qadrli universitetimizning talaba yoshlari, ustoz-murabbiy va ishchi-xodimlari!
✅Siz ta'lim olish yoki mehnat faoliyati bilan birga qo‘shiqchilik va raqs san’atiga, milliy cholg‘ularida musiqa ijro etishga qiziqasizmi❓Unda bu kasting aynan sizlar uchun!
🪕🪈O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida havaskor ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni milliy qadriyat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, Universitet jamoasi orasida milliy musiqa madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida “Shijoat” ashula va raqs ansambli tarkibiga iqtidor egalarini tanlab olish maqsadida KASTING e’lon qiladi.
✅Ushbu kasting universiteti rektorining madaniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalq hofizi, professor Orolmirzo Safarov boshchiligida tashkil etiladi.
📆⏰Kasting sanasi va o‘tkazilish joyi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilinadi!