#ota_onalar_forumi
✅Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida OTM va oila hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan “Ota-onalar forumi” tashkil etildi.
📍Universitetning Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov tomonidan ochib berilgan mazkur forum maqsadi – ota-onalarni talabalarning hayoti, taʼlim-tarbiya jarayoni va universitetda ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish hamda yuzaga kelayotgan ayrim muammolarni o‘zaro hamkorlik asosida hal qilishga erishishdan iborat ekanligi alohida qayd etildi.
🤺🎼Shuningdek, forum doirasidagi iqtidorli sportchi talabalarning ko‘rgazmali chiqishlari hamda sho‘x kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi.
✅Forum yakunida esa o‘zlarining intiluvchanligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘layotgan bir guruh talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi va mehmonlar oliygohda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoit bilan yaqindan tanishtirildi. Bugungi forumda 100 dan ortiq ota-onalar ishtirok etdi
📌Ma’lumot o‘rnida, mazkur tadbir ertaga, 23-noyabr kuni ham davom etadi.