#ilmiy_anjuman
🏆Bugun, ana shu mavzuda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tomonidan navbatdagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
✅Universitet rektori Rashid Matkarimovning kirish so‘zi bilan boshlangan mazkur anjumanda universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, shuningdek, Rossiya, Qirg‘iziston va Litva kabi xorijiy davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda respublikamizning bir qator universitetlaridan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.
⏩Yangi O‘zbekiston sport industriyasining rivojlantirish va ommaviylashtirish sharoitida sport menejmentining o‘rni;
⏩Kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida sport marketing tizimi barqarorligini ta’minlovchi asosiy muammolar va ilmiy yechimlar;
⏩Sport tadbirlarini tashkil etish va sport turizmidagi asosiy maqsadlar va tamoyillar;
⏩Shuningdek, O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari kabi sohaning muhim jihatlarini ochib berishga bag‘ishlangan ushbu anjuman qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘ldi.
📍Anjuman so‘ngida eng yaxshi taqdimot egalari va anjumanning faol ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.