#davra_suhbati
2024-yil 7-noyabr kuni universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari ishtirokida huquqiy sohada qabul qilingan qaror va farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida Chirchiq shahrida joylashgan Mirzo Ulugʻbek mahallasi faollar bilan davra suhbati tashkil qilindi.
“Konstitutsiya – farovon hayot tayanchi” mavzusida boʻlib oʻtgan mazkur davra suhbatida aholi, ayniqsa, yoshlarning Konstitutsiya mazmun-mohiyatidan xabardorlik darajasini yanada oshirish, shaxs, davlat va jamiyatning oʻzaro munosabatlarida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va eng muhimi, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini muntazam olib borish kabi dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Suhbat soʻngida mazkur yoʻnalishda tizimli ravishda hamkorlikda ishlash yuzasidan takliflar bildirildi.