#ochiq_birinchilik
‼️Diqqat E’lon‼️
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari!
Sizlarga joriy yilning 2-noyabr kuni soat 10:00 da universitetimizning Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan DZYUDO sport turi bo'yicha Ochiq birinchiligi musobaqasi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
🧑🎓👩🎓Oliygohning barcha talabalari ishtirok etishi mumkin bo‘lgan mazkur musobaqa g‘olib va sovrindorlari kafedra tomonidan munosib taqdirlanadi.
📍Musobaqada ishtirok etishni istagan talabalar uchun eslatmalar: 2024-yil 1-noyabr kuni universitet Sport majmuasi (manej) zalida soat 15:30 dan 17:00 ga qadar vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tadi. ⚖️Vazn toifalari: 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg va +90 kg bo‘yicha. Ishtirokchi jamoalar talabnomalarni 1-noyabr kuni soat 15:00 ga qadar topshirishlari lozim.
📞Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon.: +99890 921-12-58, +998997 96-26-22, +99891 163-63-67.