Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka 2022-yil uchun quyidagi ilmiy yoʻnalish boʻyicha
QABUL EʼLON QILADI:
13.00.04 – “Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi boʻyicha - tayanch doktorantura (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka;
tayanch doktorantura (PhD), va mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun suhbat va imtihon 2021-yilning 1-25-noyabr kunlari oʻtkaziladi.
Tayanch doktoranturaga kiruvchilar quyidagi fanlardan imtihon topshiradilar:
chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʻrgangan xorijiy til);
mutaxassislik.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasi yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha 1997-yilgacha) toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlishi;
– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlishi;
Tayanch doktoranturada oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
ariza;
qisqacha biografik maʼlumotnoma;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi;
nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar (pdf) shaklida tayyorlanib 2021-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://phd.mininnovation.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda qabul qilinadi.
Manzil: Chirchiq shahri, Sportchilar koʻchasi, 19 uy, A-bino, jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlari instituti, 101 -xona.
Murojaat uchun tel: 90-902-44-61.