#“Yurt taraqqiyotiga mening hissam!”
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 11-fevral mamalakatimizda “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan oliygohimizning ilmga chanqoq va intiluvchan talaba-qizlari hamda fidoiy ayol ustoz-murabbiylarimiz uchun “Yurt taraqqiyotiga mening hissam!” chellenjini e’lon qiladi.
“Yurt taraqqiyotiga mening hissam!” chellenji, avvalo, talaba-qizlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularni ilmga jalb qilish, shuningdek, yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan beqiyos imkoniyatlarni keng targ‘ib qilishdan iboratdir.
Mazkur chellenjda olima ustoz-murabbiylar va talaba-qizlarimiz ishtirok etishlari mumkin.
Barchangizni chellenjda faol boʻlishlaringizni so‘rab qolamiz!
Chellenj uchun heshteg 👇
#“Yurt taraqqiyotiga mening hissam!”
Videoroliklarni quyidagi +99897 448 46 49 telegram manziliga yuboring.