#ilm_fan

Ro‘ziqulov Bunyodbek Baxtiyor o‘g‘lining 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Turli o‘yin ampluasiga qarab yosh futbolchilarning antropogenetik mezonlari va jismoniy tayyorgarligi asosida istiqbolini bashoratlash” mavzusidagi (pedagogika fanlari bo‘yicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi 2023 yil 13 yanvar kuni soat 12:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tadi.