#dzyudo
#o‘quv_mashg‘ulot
🥋Xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Sirojiddin Qodirov boshchiligidagi dzyudo ixtisosligi talabalari Xitoyning Shandong shahrida bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
🔼Universitetimiz jamoasi o'quv mashg'ulotlar doirasida Shandong Ushu akademiyasida bo'lib, u yerda sportchilar uchun yaratilgan sharoit va amaliy mashg'ulot jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, akademiya mas'ullari bilan o'tkazilgan uchrashuvda ushu sport turini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
📌Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv-mashg‘ulotlar joriy yilning 21-may sanasiga qadar davom etadi.