📈ilmiy_anjuman
✔️Bugun, butun dunyoda boʻlgani kabi O‘zbekistonda ham sport sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buni sportchilarimizning xalqaro arenalarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritayotganidan bilish qiyin emas. Shuningdek, mazkur sohani yanada rivojlantirishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar ham katta ahamiyatiga ega.
🏊Shundan kelib chiqib, 2025-yil 5-may kuni universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “SUV SPORTI TURLARINI INNOVATSION RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY-RAQAMLI YONDASHUVLAR, VAZIFA VA YO‘NALISHLAR” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.
👨💼👩🎓👨🏻🎓Unda kafedra professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar hamda sohada faoliyat yuritayotgan rossiyalik mutaxassislar ishtirok etdi.
🔽Anjuman davomida suv sport turlarini rivojlantirish, yirik tartibdagi musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazishdagi yutuq va kamchiliklar, yillik musobaqalar tahliliga bag‘ishlangan taqdimotlar qilindi.