?Hurmatli universitet professor - o‘qituvchilari!
Joriy yilning 12-21-yanvar kunlari universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida "Sport-sog‘lik garovi" shiori ostida Turnikda tortilish bo‘yicha eng yaxshi onlayn videoroliklar tanlovini eʼlon qilamiz.
Tanlov shartlari:
1. "Sport-sog‘lik garovi" shiori ostida turnikda tortilishning eng yaxshi videoroligini (soni va sifatiga qaraladi) tayyorlash;
2. Professor - o‘qituvchilarni ism familiyasi va lavozimi kiritilishi kerak.
Onlayn tanlov g‘oliblari:
Birinchi o‘rin - 2 000 000 (ikki million) so‘m;
Ikkinchi o‘rin - 1 500 000 (bir million besh yuz ming ) so‘m;
Uchinchi o‘rin - 1 000 000 (bir million) so‘m bilan taqdirlanadilar.
?Onlayn tanlov ishtirokchilari o‘zlari tayyorlagan materiallarini +998(91-639-97-01) raqamiga ochilgan telegram tarmog‘iga jo‘natadi.
Murojaat uchun telefon: 91-639-97-01