#sayyor_qabul
✅Ma’lumki, OTM va mahalla hamkorligi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rahbariyati tomonidan Chirchiq shahar fuqarolari va yoshlari uchun sayyor qabullar tashkil qilib kelinmoqda.
✔️Navbatdagi sayyor qabul bugun, 29-aprel kuni universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyev boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Chirchiq shahrida joylashgan 14-umumta’lim maktabida “Gulzor” MFY fuqarolari va bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazildi.
📍Qabul davomida universitet vakillari tomonidan sport ta’limi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport to‘garaklariga jalb etish, universitet sport inshootlariga kirish imkoniyatlari va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o‘qishga kirish tartibi, belgilangan talablar va imtiyozlar kabi muhim masalalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.
📌Yakunda fuqarolarning turli yo‘nalishlarda oid murojaatlar ham tinglanib, ular bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.