#xorij_safari
🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov boshchiligidagi delegatsiyamizning Malayziyadagi xorij safari davom etmoqda.
✅ Vakillarimiz kecha, 23-aprel kuni Pendidikan Sultan Idris universiteti tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etishdi. Ushbu tadbir doirasida har bir ishtirokchi davlatlarning milliy liboslari ko‘rgazmasi ham o‘tkazildi.
📌Shu kuni mehmonlar sharafiga tantanali bayram ziyofati ham uyushtirildi. Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda Malayziya Qiroli Sulton Nazir Shoh ham tashrif buyurib, oliygohimiz vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida vakillarimiz tomonidan O‘zbekiston madaniyati va sporti, o‘zbek sportchilarining xalqaro yutuqlari va bu jarayonda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining tutgan o‘rni haqida so‘zlab berdi.
➡️ Bugun 24-aprel kuni esa universitet bilan tanishish jarayonlari davom ettirildi, xususan universitet muzeyi, kutubxonasi, sport fakulteti faoliyati bilan tanishildi.
🔰 Tanishuv asnosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Pendidikan Sultan Idris universiteti kutubxonalarini o‘zaro integratsiya qilish orqali ikki universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun mavjud ilmiy-badiiy resurslardan foydalanish imkoniyatini yaratish masalalari muhokama qilindi.
🔷Universitet jamoasining Malayziyadagi xizmat safari davom etmoqda…