#kitobxon_haftaligi
#yarmarka
DIQQAT EʼLON‼️
Hurmatli universitetimiz professor-oʻqituvchilari va talabalari!
✅Xabaringiz bor, joriy yilning 21-27 aprel kunlari respublikamiz bo'ylab "O‘zbekiston – kitobxonlar yurti" shiori ostida "Kitobxonlik haftaligi" o'tkazilmoqda.
✔️Sizlarni mazkur haftalik doirasida 2025-yil 26-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Axborot resurs markazi va “Hilol nashr” nashriyoti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “Yangi adabiyotlar taqdimoti” hamda kitob savdo yarmarkasiga taklif etamiz.
📚Eng muhimi, yarmarka doirasida oʻzingizni qiziqtirgan darslik va qo'llanmalar bilan tanishish barobarida, turli badiiy adabiyotlarni xarid qilishingiz ham mumkin.
👍Shunday ekan, bunday ajoyib imkoniyatni aslo qoʻldan chiqarmang va yarmarkamizda faol ishtirok eting!
🏢Yarmarka 26-aprel kuni soat 10:00 da universitet "A" bino hovlisida boshlanadi.