#grant
👩🎓👨🏻🎓Qadrli bitiruvchi kurs talabalari!
🇦🇿Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi 2025-2026 o‘quv yili uchun Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo davlatlar, jumladan, 🇺🇿Oʻzbekiston fuqarolariga ham magistratura bosqichida oʻqish uchun “Mergen” stipendiyasi nomli grant loyihasini taqdim etadi.
👇Grantlar uchun quydagi mutaxassisliklar taklif etiladi:
✅Sport menejmenti ixtisosligi (ingliz tilida)
✅Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (ozarbayjon tilida)
✅Sport tayyorgarligi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (ozarbayjon tilida)
✔️Grant o'z ichiga:
- o'qish to'lovi
- migratsiya (vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma xarajatlari, bir marta)
- tibbiy sug'urta (har yili)
- oylik yashash xarajatlarini oladi.
📆Ariza topshirish muddati: 2025-yil 1-iyunga qadar.
📍Ushbu grant loyihasida ingliz tilini bilish talablari quyidagilardan iborat: IELTS 5-5.5-6.0 yoki TOEFL 60, Duolingo 95.
✔️Shuningdek, Ozarbayjon tili turk tiliga juda yaqin bo‘lganligi sababli turk tili sertifikati yoki ko‘nikmalariga ega talabalarda ham ushbu stipendiya dasturida ishtirok etish imkoniyati mavjud.
⏩Grantni qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlar va uni topshirish talablari bo‘yicha quyidagi 📞telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +99877 444-49-92, @guzalisanova.