#o‘quv_kursi
🏆Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Gandbol federatsiyasining hududiy bo‘limlari raislari va ijrochi direktorlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi boshlandi.
✅O‘quv kursi O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov tomonidan ochib berilib, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, Sport oʻyinlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi direktori Jasur Akramov, O‘zbekiston gandbol federatsiyasi Bosh kotibi, Osiyo gandbol federatsiyasining rivojlanayotgan mamlakatlarda gandbolni rivojlantirish komissiyasi raisi Ismoil Matholiqov, universitet prorektorlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda federatsiya mas’ullari ishtirok etdi.
📍Mamlakatimizda gandbol sport turini rivojlanishi, istiqbolli rejalar, muammo va ularning yechimlariga qaratilgan ushbu o‘quv kursida soha mutaxassislari tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilinmoqda.
📌Eslatib o‘tamiz, o‘quv kursi 20-mart sanasiga qadar davom etadi.