🥋Xalqaro kurash instituti bilan hamkorlikda universitetining kurash zalida tashkil etilgan kurash murabbiylari va hakamlarini xorijiy davlatlarga "eksport" qilishga yo‘naltirilgan "Uch oylik intensiv ingliz tili va kurash mutaxassisligi kursi" hamda xorijiy kurash mutaxassislari uchun “Uch oylik onlayn kursi”ning o‘quv jarayonlari ayni kunlarda qizg‘in davom etmoqda.
✅ Kurs ishtirokchilariga sohani mukammal egallash uchun eng zarur bo‘lgan fanlar majmuasi, zamonaviy o‘quv dasturlari taqdim etilib, o‘quv jarayonlarini kurash bo‘yicha eng tajribali mutaxassislar olib borishmoqda.
🔷 Xususan, bugungi Kurash usullari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni kurash bo‘yicha Yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Ravshanov, "Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati" kafedrasi mudiri Nuriddin Chorshamiyev hamda kafedra professor-o‘qituvchilari Shuhrat Qurbonov va Feruz Bobomurodov tomonidan olib borildi.