#universitet_hayotidan
✅Xabar berganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygoh prorektorlar, bo‘lim rahbarlari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida kafedralar faoliyatini 2025-yilda rivojlantirishning MAQSADLI KO‘RSATKICHLAR indikatorlarini belgilab olish maqsadida taqdimotlar bo‘lib o‘tmoqda.
📆Jumladan, 15-17 mart kunlari Gimnastika, Qishki va murakkab-texnik sport turlari hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedralari taqdimoti o‘tkazilib, unda ilmiy, xorijiy, o‘quv-uslubiy hamda talabalar bilan ishlash yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlar berildi. Shuningdek, kafedralarning 2025-yildagi maqsadli ko‘rsatkichlari belgilab olindi.
📍Eslatib o‘tamiz, ushbu jarayon barcha kafedralar kesimida davom etmoqda.