#O‘zbekiston_kubogi
#yengil_atletika
Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning yengil atletika turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida U18 O‘zbekiston chempionati hamda O‘zbekiston kubogi musobaqalariga start berildi.
✔️Ushbu musobaqada respublikamizning barcha hududlaridan kelgan 560 nafardan ortiq atletlarimiz 13 ta dasturlarda o‘zaro bahslarga kirishdi.
✅Ahamiyatlisi, ushbu musobaqa jarayonlarida kiritilgan yangi qoidalarni joriy etish va dual ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Yengil atletika Federatsiyasi hamda universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan hamkorligi musobaqa jarayonlarini samarali tashkil etish va o‘tkazishda, shuningdek, yirik tartibdagi musobaqalarda hakamlik qilish ko‘nikmalarini o‘zlashtirishda egallagan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash bilan alohida ahamiyat kasb etmoqda.
📍Ma’lumot o‘rnida, musobaqa jarayonlari 2025-yil 24–yanvarga qadar davom etadi.