Joriy yilning 18-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasining 2024-yil yakunlariga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston "Adolat" SDP siyosiy Kengash raisi Robaxon Mahmudova, O‘zbekiston "Adolat" SDP siyosiy Kengashi raisi o‘rinbosari Abdukamol Rahmonov, Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi prezidenti Mo‘min Muratov, "Adolat" SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Gulnora Ahmedova, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi raisi Ravshan Dastirov, professor-o‘qituvchilar, sportchilar, murabbiylar, hakamlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ortda qolgan 2024-yil belbog‘li kurash sporti uchun yuksak natijalar va muvaffaqiyatlarga boy yil bo‘lganligini e’tirof etildi. Shuningdek, belbog‘li kurash federatsiyasi tomonidan "Yilning eng yaxshi sportchisi" "Yilning eng yaxshi murabbiyi", "Yilning eng yaxshi musobaqa tashkilotchisi", " Yilning eng yaxshi hakami" "Yilning eng yaxshi natijador federatsiyasi", "Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun" kabi turli nominatsiyasilar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Belbog‘li kurash federatsiyasining doimiy hamkori hisoblangan "Adolat " SDP siyosiy Kengashi tomonidan esa Belbog‘li kurash federatsiyasi bosh kotibi Abduxalil Malikov hamda jahon chempioni Farangiz Abdunabiyeva "Adolat" SDPning ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Yakunda partiya vakillari turli yo‘nalishlar bo‘yicha nominatsiya g‘oliblari, federatsiya kengashi a’zolari, sportchilar hamda murabbiylarga ham diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.