#uchrashuv
📆2025-yil 17-yanvar kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi raisi Muxriddin Xamzayev ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.
✅Unda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi Sardor Eshpo'latov, yetakchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
📍Uchrashuv davomida Kengash raisi Muxriddin Xamzayev bugungi kunda yurtimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, Yoshlar ittifoqi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berib oʻtdi.
✔️Samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuv talabalarning turli mavzulardagi savollari va takliflari bilan yanada qiziqarli bo‘ldi.