🔷Joriy yilning 10-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Sport vaziri Adхam Ikrаmov raisligida Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha Kuzatuv kengashining yig‘ilishi o‘tkazilib, unda oldindagi ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatma va topshiriqlar berilgan edi.
📆Bugun mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Rashid Matkarimov raisligida ZOOM platformasi orqali universitetning Nukus va Farg‘ona filiallari mas'ullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
📌Yig‘ilishda 2025-yilda bajariladigan ustuvor vazifalar ijrosini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, filiallarda o‘quv-uslubiy faoliyatni yanada yaxshilash, talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, qish mavsumida o‘quv binolari va sport inshootlarining mo‘tadil hamda bir maromda ishlashini ta'minlash kabi zaruriy masalalalar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.